AQSHda Oq uy darvozasiga mashina kelib urildi

AQSHda Oq uy darvozasiga mashina kelib urildi

Vashingtonda 8-yanvar kuni avtomobil Oq uy majmuasi darvozasiga borib urildi. Voqea joyida politsiya, o‘t o‘chiruvchilar va tibbiyot xodimlari ish olib bordi, dedi Maxfiy xizmat vakili Entoni Gulyelmi X’da.

“Soat 18:00 atrofida avtomobil Oq uy majmuasining tashqi darvozasiga kelib urildi. Haydovchi qo‘lga olindi, biz to‘qnashuv sabablari va xarakterini o‘rganmoqdamiz”, — dedi u.

NBC telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, voqea joyida politsiya, o‘t o‘chiruvchilar va tibbiyot xodimlari ish olib borgan. Mashinada tahdid belgilari topilmagan. Shuningdek, jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Dekabr oyi o‘rtalarida AQSH prezidenti Jo Bayden kortejidagi mashinaga noma’lum shaxs boshqaruvidagi mashina kelib urilgandi. Davlat rahbari va birinchi xonim Jill Bayden jabrlanmagan.

2021-yil AQSH Kongressi binosi yaqinidagi nazorat punktiga avtomobil kelib urilgandi. Haydovchi mashinadan sakrab tushib, pichoq bilan ikki politsiyachiga hujum qilgan, oqibatda ulardan biri vafot etgan.