Turkiya tashqi ishlar vaziri Qirg‘izistonga tashrif buyuradi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Qirg‘izistonga tashrif buyuradi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan qirg‘izistonlik hamkasbi Jeenbek Kulubayevning taklifiga binoan 9 yanvar kuni Qirg‘izistonga tashrif buyuradi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytiladi.

Bo‘lajak muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning butun spektrini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Tomonlar, shuningdek, dolzarb mintaqaviy voqealar va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashadilar.