Yashil energiya manbalarini eng ko’p ishlab chiqayotgan davlat aniqlandi

Fransiya qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish bo‘yicha o‘z rekordlarini yangilamoqda

2024-yilning uchinchi choragida qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi ishlab chiqarish quvvatlari 46,1 GVtga yetdi. Ya’ni, 1 026 854 ta qayta tiklanuvchi energetika obyekti tarmoqqa ulangan bo‘lib, ularning asosiy qismi quyosh panellarini tashkil qiladi.

Ulardan 610 ming nafari “oʻzini oʻzi ta’minlaydigan isteʼmolchi” sifatida roʻyxatga olingan boʻlib, ular oʻzlari ishlab chiqaradigan elektr energiyasining bir qismini isteʼmol qilib, qolgan qismini tarmoqqa uzatadigan jismoniy va kichik biznes subyektlari hisoblanadi.

Maqsad — har yili 5-6 GVt qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish.