Qirg`iziston energetik ichimliklar butunlay taqiqlanadi

Qirg`iziston energetik ichimliklar butunlay  taqiqlanadi

Qirg`iziston Jogorku Kenesh deputatlari energetik ichimliklarni taqiqlovchi qonun loyihasining konsepsiyasini ma`qulladi.

Qirg`iziston Jogorku Kenesh deputatlari energetik ichimliklarni taqiqlovchi qonun loyihasining konsepsiyasini ma`qulladi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Ijtimoiy siyosat bo`yicha qo`mita yig`ilishida “Qirg`iziston Respublikasi hududiga energetik ichimliklarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotishni taqiqlash to`g`risida”gi qonun loyihasi ko`rib chiqildi. Taqiq tashabbuskori Jogorku Kenesh deputati Ulan Bakasov. U qonun loyihasi fuqarolar salomatligini muhofaza qilish va energetik ichimliklarni iste`mol qilish natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni kamaytirishga qaratilganini aytdi.

Uning so`zlariga ko`ra, energetik ichimlik tarkibida uch stakan kofe va 14 osh qoshiq shakar mavjud. Ijtimoiy siyosat bo`yicha qo`mita raisi Vinera Raimbachaevaning aytishicha, o`zining tibbiy amaliyotida energetik ichimliklar ichish natijasida yurak xastaligi holatlari ko`p bo`lgan. U hozir qandli diabet bilan kasallangan bolalar ko`pligini bildirdi.