“Tashkent Modernism” sayyohlik ilovasi Toshkent modernizmining 21 inshootini yagona onlayn marshrutga birlashtirdi.

“Tashkent Modernism” sayyohlik ilovasi Toshkent modernizmining 21 inshootini yagona onlayn marshrutga birlashtirdi.

Ana shunday maskanlardan biri Toshkent markazi, “O‘zbekiston” mehmonxonasi orqasida joylashgan sobiq Respublika Sayyohlar uyi binosidir. 1986-yilda meʼmor Vladimir Narubanskiy loyihasi asosida bunyod etilgan inshoot dastlab xorijlik sayyohlarni Oʻzbekiston madaniyati bilan tanishtirishga xizmat qilgan. Majmua suzish havzasi va sopolli haykalga ega hovli bilan bogʻlangan jamoat va maʼmuriy hududlar hamda 600 oʻrinli uzun yassi auditoriyadan iborat bo‘lgan.

1980-yillar oxiridagi ijtimoiy taloto‘plar bois Turistlar uyi oʻzining dastlabki funksiyasini yoʻqotib, uning maʼmuriyati festival va arthouse filmlarini namoyish etishga qayta ixtisoslashadi. Hozirda bino qayta ta’mirlash holatida bo‘lib, so‘ngra u yerda Fransiya madaniyat markazi va Madaniy meros obyektlarini tiklash markazi ochiladi. Jamoat joylari, shu jumladan, foye va teatr o‘zining asl qiyofasini saqlab qoladi, ko‘kalamzorlashtirilgan yashil hududli tomda esa tadbirlarni o‘tkazish uchun yangi pavilion paydo bo‘ladi.

“Tashkent Modernism” sayyohlik ilovasini quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin.