O‘zbekistonda ilk bor yashirin iqtisodiyot baholandi

O‘zbekistonda ilk bor yashirin iqtisodiyot baholandi

O‘zbekistonda norasmiy va yashirin iqtisodiyot hajmi statistik baholandi. YAIM hajmi 2023-yilda 25,6 trln so‘mga oshgan.

AOKAda 2024-yil 6-avgust kuni «O‘zbekistonda norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash natijalari» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Maʼlum qilinishicha, anjumanda Statistika agentligi rahbari va xodimlari, Xalqaro valyuta jamg‘armasi eksperti, respublika vazirlik va idoralari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan.

Taʼkidlanishicha, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi bosqichi so‘nggi yillarida milliy statistika sohasini rivojlantirish va statistik maʼlumotlar qamrovini kengaytirish borasida tizimli islohotlar olib borilmoqda.

Statistika agentligi tomonidan norasmiy iqtisodiyotni baholashni takomillashtirish va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • 2020-yilning 20-iyunidagi «O‘zbekiston Respublikasida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 394 sonli qaroriga muvofiq, sobiq Davlat statistika qo‘mitasi tarkibida «Yashirin iqtisodiyotni statistik baholashni muvofiqlashtirish» bo‘limi tashkil etildi;
  • Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasining texnik ko‘mak missiyalari jalb etildi;
  • Xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda «Kuzatilmaydigan iqtisodiyotni statistik baholash bo‘yicha uslubiy nizom» ishlab chiqildi;
  • 2020-yilning avgust–sentyabr oylarida Qashqadaryo viloyatida va 2021 yilning may–iyun oylarida Namangan viloyatida jismoniy va yuridik shaxslarning norasmiy va yashirin faoliyatini o‘rganish bo‘yicha tanlanma statistika kuzatuvlari o‘tkazildi;
  • 2023-yilning avgust oyida respublikamizning 165 ta tumani bo‘yicha 7 mingdan ziyod uy xo‘jaliklarida transport, yashash va ovqatlanish, madaniyat, taʼlim va sog‘liqni saqlash xizmatlariga qilgan xarajatlarni o‘rganish bo‘yicha maxsus tanlanma statistika kuzatuvlari o‘tkazildi.

Hisob-kitoblar natijalariga ko‘ra, norasmiy iqtisodiyotda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2023 yilda 26 trln so‘m qo‘shimcha aniqlik kiritildi. Amaldagi 297,3 trln so‘mdan 323,3 trln so‘mga oshdi. Shundan, xizmatlar sohasida 6,7 trln so‘m, qurilish ishlari sohasida 14,3 trln so‘m, sanoat tarmog‘ida 4,9 trln so‘m qo‘shimcha baholandi.

Shuningdek, O‘zbekiston  hajmi 2023-yilda qo‘shimcha YAIM 125,6 trln so‘mga oshdi va jami 1 192,2 trln so‘mni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAIM hajmi qo‘shimcha 3,4 mln so‘mga oshib, 32,7 mln so‘mga yetgan.

Maʼlumot o‘rnida aytish kerakki, yuqoridagi statistik hisob-kitoblar O‘zbekiston statistika tarixida ilk bor amalga oshirildi.