Toshkentdan Qarshiga qoʻshimcha poyezd yoʻlga qoʻyiladi

Toshkentdan Qarshiga qoʻshimcha poyezd yoʻlga qoʻyiladi

“9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024-yilning 8, 9-may kunlari “Toshkent — Qarshi — Toshkent” yoʻnalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qoʻshimcha harakati yoʻlga qoʻyildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

762-sonli “Toshkent — Qarshi” yoʻnalishi

Toshkent 6:59 — Qarshi 10:33

761-sonli “Qarshi — Toshkent” yoʻnalishi

Qarshi 16:51 — Toshkent 20:20

Eslatib oʻtamiz, qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Chiptalarni nafaqat temir yoʻl chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: eticket.railway.uz