Chilonzorda 52 ta qurigan daraxt kesilmoqda

Chilonzorda 52 ta qurigan daraxt kesilmoqda

Bugun tuman hokimi rahbarligida mahallalardagi barcha daraxtlar xatlov qilinib, qurigan va zararlangan, aholi hayoti, mol-mulki uchun xavf tugʻdiradigan daraxtlar mutaxassislar yordamida aniqlanib, qonun doirasida kesish ishlari olib borilmoqda. Birgina “Qatortol” mahallasida 5 344 ta manzarali va 876 ta mevali daraxtlardan 52 tasi quriganligi, 16 tasi turli darajada zararlangani aniqlangan.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi vaqtlarda poytaxtdagi koʻp yillik daraxtlarning qulab tushishi sababli aholi joni va mulkiga ziyon yetmoqda.