Istanbuldagi teraktda gumon qilingan shaxs yetti umrlik qamoq jazosiga hukm qilindi

Istanbuldagi teraktda gumon qilingan shaxs yetti umrlik qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiyaning Istanbul shahrida terakt sodir etganlikda gumon qilingan shaxsga sud hukmi oʻqildi.

2022-yilning 13-noyabr kuni Istanbul markazidagi Istiqlol koʻchasida portlash sodir boʻlib, 6 kishi halok boʻldi, 99 kishi jarohatlandi. Teraktda gumon qilingan Ahlam al-Bashir Turkiyada taqiqlangan Kurdiston Ishchilar partiyasi bilan aloqasi borligini tan olgan. Oʻsha vaqtdagi Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu teraktni amalga oshirish buyrugʻi Suriya bilan chegaradosh Kobani shahridan kelganini maʼlum qilgandi.

«Istiqlol koʻchasida terakt sodir etishda ayblangan Ahlam al-Bashirga sud tomonidan yetti umrlik qamoq— 1794-yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi», — deyiladi agentlik xabarida.

Butun sud jarayoni davomida Al-Bashir oʻzini himoya qilish uchun bir ogʻiz soʻz aytmagan, faqat singlisi bilan gaplashishni soʻragan.