Polsha rasmiylari mamlakat hududida AQSH yadroviy qurolini joylashtirish masalasini muhokama qiladi

Polsha rasmiylari mamlakat hududida AQSH yadroviy qurolini joylashtirish masalasini muhokama qiladi

Polsha bosh vaziri Donald Tusk va mamlakat prezidenti Anjey Duda yaqin orada mamlakat hududiga Amerika yadroviy qurolini joylashtirish masalasini muhokama qiladi. Bu haqda Polsha prezidenti devoni davlat kotibi Malgojata Paproskaya maʼlum qildi.

«Uchrashuv, ehtimol, yaqin orada boʻlib oʻtadi. Janob Bosh vazir bunday uchrashuv haqida gapirdi, janob Prezident bunga aniq javob berdi», deydi rasmiy.

Avvalroq, Duda Polsha oʻz hududida AQSH yadrovie qurolini joylashtirishga tayyorligini maʼlum qilgandi.