Istanbuldagi mehmonxonaga qurolli hujum uyushtirildi

Istanbuldagi mehmonxonaga qurolli hujum uyushtirildi

Istanbuldagi mehmonxonalardan biriga qurolli hujum uyushtirildi. Ayni paytda jinoyatchilarni qidirish ishlari davom etmoqda. Bu haqda mahalliy “Turkiya” gazetasi xabar bermoqda.

“Istanbuldagi toʻrt qavatli mehmonxona binosiga uzoqdan nishonga oluvchi qurol bilan hujum qilindi. Ayrim oʻqlar yoʻlovchilar boʻlgan avtobusga ham tegdi. Hozirda hujumni sodir etgan shaxs yoki shaxslar qidirilmoqda”, — deb yozmoqda nashr.

Voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.