Nemrut tog’idagi monumental haykallar o’rtasida quyosh chiqishini tomosha qiling

Nemrut tog’idagi monumental haykallar o’rtasida quyosh chiqishini tomosha qiling

Nemrut tog’ining cho’qqisi keng tekisliklari va Furot daryosining panoramali manzarasi bilan Turkiyaning quyosh chiqishi va botishini tomosha qilishingiz mumkin bo’lgan eng go’zal joylaridan biridir. Dengiz sathidan 2150 metr balandlikda joylashgan bu muhtasham tog‘ni yanada ajib jihati Kommageniya qirolligining yodgorliklari ya’ni ikki ming yil davomida turgan ohaktosh bloklardan yasalgan ulkan haykallardir. Rim imperiyasiga qarshi muvaffaqiyatli kurashib, o‘lmaslikka intilgan qirol Antiox I Teos (miloddan avvalgi 69-36) tomonidan o‘rnatilgan bu haykallar qadimdan afsonalar uchun ilhom manbai bo‘lib kelgan. Hozirda sarguzasht ishqibozlari uchun eng mashhur yo’nalishlardan biri bo’lgan Adiyamanning sirli cho’qqisi Nemrut har doim tashrif buyuruvchilarni o’ziga rom etib kelmoqda.

 

Qadimgi dunyoning sehrli merosi

1987-yilda YuNESKOning Jahon merosi ro’yxatiga kiritilgan Nemrut tog’i dunyodagi eng maftunkor cho’qqilardan biridir. Nemrut tog’i Turkiyaning janubi-sharqiy Anadolu viloyati Adiyamanning Kahta tumanida joylashgan bo‘lib, qadimdan sivilizatsiya va madaniyatlarga vatan bo’lgan so’ngan vulqondir. Dengiz sathidan 2150 metr balandlikda joylashgan Nemrut, Malatya va Adiyamanning ajoyib manzaralarini taqdim etadi. Nemrutga sayohat o’zining sehriga ega va cho’qqiga chiqqaningizdan so’ng, hayratlanarli manzara paydo bo’ladi. Sakkiz metrdan 10 metrgacha bo’lgan ulkan haykallar ohaktosh bloklardan yasalgan bo‘lib, ba’zilarining og’irligi to’qqiz tonnagacha. Antiox o‘zi uchun taxminan ikki ming yillik tarixga ega bo’lgan bu ulkan toshlardan iborat tumor va bu tumorni o‘rab turgan maqbara qurdirgan. Ko’lami va dizayn murakkabligi bo’yicha tengsiz qadimiy dunyo loyihasi sifatida dong taratgan bu tosh yodgorliklar Antioxning xudolarga va uning ajdodlariga, jumladan, fors otasi va ellin onasiga minnatdorchilik bildirgan o’lponini ifodalaydi.

Nemrut tog’ining cho’qqisiga chiqish yo’lida tashrif buyuruvchilarni sharqiy, shimoliy va g’arbiy ayvonlar deb ataladigan maydonlarda uch guruhga bo’lingan haykallar kutib oladi. Shimoldagi tumor toʻliq qurib bitkazilmagan boʻlsa-da, sharq va gʻarbdagi ayvonlar saqlanib qolgan. Sharqiy terastada xudolar galereyasi, ajdodlar galereyasi va qurbongoh joylashgan. Shu bilan birga, haykallarning markaziy guruhi uning ajdodlarining birlashmasi bo’lgan yangi tashkil etilgan diniy tangrilarni ifodalovchi beshta xudodan iborat. Arslon va burgut bu figuralarning ikki tomonida turib, ularni himoya qiladi. Hayvonlar shohi sher yerdagi kuchni, xudolarning xabarchisi burgut esa samoviy kuchni ifodalaydi. G’arbiy terastadagi haykallar xuddi shunday tarzda joylashtirilgan. Sharqiy ayvondagi taxtlar mustahkamroq boʻlsa, gʻarbiy ayvondagi haykallarning boshlari yaxshi saqlangan. Bu ayvonda, shuningdek, Kommagen qiroli Antiox I haykali, turli xudolarning, jumladan Zevsning haykali, Fors shohlarining relyefli stelalari ham bor. Yozuvlarda Antiox qabri shu yerda ekanligi aytilsa-da, podshohning qabri haligacha topilmagan. Nemrut tog‘ining g‘arbiy ayvonida Kommageniya qirolligidagi Makedoniya qirollariga oid relyefli stelalar, shuningdek, dunyodagi eng qadimgi munajjimlar taqvimi ekanligiga ishonilgan sher burjining relyefi joylashgan.

 

Ajoyib tajriba: quyosh chiqishi va botishi

Ushbu cho‘qqi sayyoradagi eng go’zal joylardan biri va hayajonli quyosh chiqishi va botishini tomosha qilish uchun yagona joy. Har yili, kunning eng go’zal soatlarida o’n minglab mehmonlar cheksiz ufq chizig’ida oltin, qip-qizil va jozibali ranglarning qorishishini kuzatish uchun cho’qqiga chiqishadi. Esda tutingki, mavsum qanday bo’lishidan qat’i nazar, Nemrut tog’ining cho’qqisi ko’pincha quyosh chiqishi va botishi paytida sovuq bo’ladi, shuning uchun issiq kiyim kiyish tavsiya etiladi.

 

Adiyamandanning tarixiy manzillari

Nemrut tog’ini ziyorat qilish hayotdagi eng noyob tajribalardan biri bo’lsa-da, Adiyamanning boshqa go’zalliklari ham bor. Mintaqaning noyob tabiiy va madaniy merosi sayyohlik uchun ajoyib maskanlarni taklif etadi. Mintaqaning tarixiy joylari Karakush Tumulus, Cendere ko’prigi va Arsemeya qadimiy shahri. Boshqa muhim nuqtalar – Furot daryosining g’arbiy qirg’og’idagi Gerger qal’asi va Adiyaman shahar markazining shimolidagi Kommageniya qirolligining beshta yirik shaharlaridan biri bo’lgan Qadimgi Perre shahri. Adiyaman o’ziga xos oshxona madaniyati tufayli Turkiyaning eng ko’p tanlanadigan gastronomiya yo’nalishlaridan biridir.

Malohat Artiqova