Rossiya Ukraina boʻyicha muzokaralarga tayyor — Rossiya TIV

Rossiya Ukraina boʻyicha muzokaralarga tayyor — Rossiya TIV

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva Ukrainadagi vaziyat boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga tayyorligini, lekin Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy taklif qilgan “tinchlik formulasi” boʻyicha emasligini aytdi.

Lavrov bu haqda Xitoy hukumatining Yevroosiyo masalalari boʻyicha maxsus vakili Li Xue bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

“Vazir Rossiya tomonining muzokaralar yoʻli bilan yechim topishga ochiqligini tasdiqladi va … Zelenskiy formulasini ilgari surish boʻyicha har qanday faoliyatda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmasligini taʼkidladi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Rossiya tashqi ishlar vaziri muzokaralar oldidan Kiyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara olib borishning mumkin emasligi haqidagi qonunni bekor qilishi kerakligini eslatdi. Shuningdek, Lavrovga koʻra, Ukraina Rossiyaning qonuniy manfaatlarini hisobga olishi kerak.