O‘zbekiston hududida afg‘on harbiy vertolyoti urib tushirildimi?

O‘zbekiston hududida afg‘on harbiy vertolyoti urib tushirildimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘oniston va O‘zbekiston chegarasida afg‘on harbiy vertolyoti urib tushirilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi bunga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

“OAV vakillari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan faqat rasmiy ma’lumotlarga tayanishlarini so‘rab qolamiz. Asoslanmagan yolg‘on xabar tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatib o‘tamiz”, deyiladi vazirlik bayonotida.