Harbiy xodimlar o`rtasida sport musobaqalari o`tkazildi

Harbiy xodimlar o`rtasida sport musobaqalari o`tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining 2024-yili uchun ommaviy-sport tadbirlari kalendar rejasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati bazasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar (16 ta terma jamoa) o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada Milliy gvardiya terma jamoasi ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek,  Toshkent shahri “JAR” sport majmuasida sportning sambo turi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida “O‘zbekiston chempionati” bo‘lib o‘tdi. Ushbu chempionatda kichik serjant Raximov Xasan Saidmurod o‘g‘li jangovar sambo bo‘yicha 98 kg vazn toifasida munosib ishtirok etib faxrli  2-o‘rinni egalladi. Shuningdek Milliy terma jamoa tarkibiga kiritildi hamda joriy yil davomida bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqalarda (may oyida Belorussiya – “Jahon kubogi”, oktyabr oyida Turkmaniston – “Jahon chempionati”,  noyabr oyida Tayland – yopiq inshootlarda bo‘lib o‘tadigan “Osiyo o‘yinlari”) ishtirok etish uchun yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishdi.

Andijon shahrida esa  sportning aralash jangi san’ati turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida “O‘zbekiston chempionati” bo‘lib o‘tdi. Ushbu chempionatda kichik serjant Muxtorov Xumoyuddin Ulug‘bek o‘g‘li  120 kg vazn toifasida faxrli 1-o‘rinni,  leytenant Xodjimuhamedov Abdulaziz Qodir o‘g‘li  120 kg vazn toifasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.  Toshkent shahrida ham  sportning universal jangi turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida “O‘zbekiston chempionati” bo‘lib o‘tdi. Ushbu chempionatda Milliy gvardiya terma jamoasi munosib ishtirok etib qo‘yidagi natijalarni qo‘lga kiritishdi.

Oddiy askar Otamurodov Jamshid Farxod o‘g‘li 85 kg vazn toifasida faxrli 1-o‘rinni;

leytenant Baxromov Asadbek Ismatullayevich  90 kg vazn toifasida faxrli 1-o‘rinni;

kichik serjant Teshaboyev Shaxriyor  80 kg vazn toifasida faxrli 1-o‘rinni;

kichik serjant Ibragimov Rustambek Inomjon o‘g‘li 95 kg vazn toifasida faxrli 2-o‘rinni;

safdor Muydinov Abdumannon  75 kg vazn toifasida faxrli 2-o‘rinni;

safdor Rizayev Umar Uchqun o‘g‘li  80 kg vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni;

safdor Alibekov Umar 85 kg vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni;

leytenant Ikromov Damir Islomovich 90 kg vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni;

kichik serjant Sattorov Sardor  95 kg vazn toifasida 3-o‘rinni;

safdor Ismoilov Do‘st 70 kg vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni egalladilar.

Shuningdek g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar Milliy terma jamoa tarkibiga kiritilib, joriy yil may oyida Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga ishtirok etish uchun yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasida pichoq uloqtirish yo‘nalishi bo‘yicha:

I darajali serjant Mingliqulov Sayfuddin Norboyevich 5 metr masofada pichoq uloqtirishdan faxrli 2-o‘rinni;

mayor Asronov Diyorbek Iqboljonovich  mutloq masofadan faxrli 3-o‘rinni egalladilar.