3-mart “Butunjahon yovvoyi tabiatni muhofaza qilish kuni”

3-mart “Butunjahon yovvoyi tabiatni muhofaza qilish kuni”

3-mart “Butunjahon yovvoyi tabiatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan Yunusobod tumani 220-maktabida Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida davra suhbati o’tkazdi. Bu haqda Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Muhokama o’sib borayotgan ekologik muammolar sharoitida tabiatni muhofaza qilish va barqarorlikni ta’minlashning shoshilinch zarurati atrofida bo’ldi. Sayyoramizdagi barcha tirik mavjudotlarning o‘zaro bog‘liqligi va ekologik muvozanatni saqlashda hayvonot dunyosining hal qiluvchi ro’li ta’kidlab o’tilgan.

Suhbat davomida o’quvchilar iqlim o‘zgarishining yovvoyi hayvonlarning yashash joylariga ta’siridan tortib, biologik xilma-xillikni saqlashning ahamiyatigacha bo‘lgan mavzularda faol ishtirok etdilar. Shuningdek, ular ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda va atrof-muhitga bo‘lgan mas’uliyatimizni chuqurroq anglashda yoshlarning ro’lini o‘rganishdi.

Davra suhbati bilim almashish vositasi bo‘lib hizmat qildi hamda barcha ishtirokchilarni yurtimizning boy bioxilma-xilligini saqlashga qo‘shgan shaxsiy hissalari haqida fikr yuritishga ilhomlantirdi hamda suhbat davomida o’quvchilar o’zini qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan javob olishdi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o’quvchilarga esdalik sovg’alari topshirilgan.