Gazeta yoki jurnal oxirgi marta qachon mutola qildingiz?

Gazeta yoki jurnal oxirgi marta qachon mutola qildingiz?

Yoshligim chekka bir qishloqda o`tgan. Atrofimizda esa o`qimishli insonlar sanoqli edi. Bobom ona tili adabiyot o`qituvchisi hamda urush faxriysi bo`lgan. Men va singlimning bolaligi bobomning hovlisida o`tdi. Yoshi 80 dan oshgan bo`lsa ham bobom boshqalarga o`xshab hassa suyanib, yotib qolmagan edi. Har tong uyg`onib bobomning yoniga kelsak gazeta yoki kitob o`qib turgan bo`lardi. Ko`pincha qo`limdan yetaklab o`zi ishlagan maktab kutubxonasiga olib borardi. Kutubxonachiga bobomning birinchi savoli yangi gazeta yoki jurnal keldimi deb surardi. Biz kitob javonidan kitob qidirib olib chiqqinimizcha kutubxonachi Malohat ismli opa gazeta va jurnallarni taxt qilib quyardi. O`qishni bilmasdim faqat muqovasi chiroyli va yangi kitoblarni bobomga olib qo`llariga berardim. Bobojonim esa yangi kitoblar hozir yaxshi chiqmayopti qizim eski judayam ko`p o`qilgan kitoblarni olib bunday kitobni o`qish kerak  bularni esa joyiga quyib kel deb ba`zida urishib ham berardi. Doim muqovasi eski kitob olib ketardik uyga. Gazeta va jurnal varaqlashimga qiziqish yanada ortishga bobojonim sabab bo`lgan.   

Hozirchi? har kuni ertalab  kunimizni bir piyola choy,  qahva va qo’limizda gazeta bilan boshlaymizmi, aksincha yuq. Ko`zimizni ochishimiz bilan smartfonimizni qo`limizga olamiz.  Bilasizmi,  gazeta ko’p odamlar uchun aniq, qisqa va ob’ektiv ma’lumotlarning eng yaxshi manbai. Jurnal esa  ko’pincha o’ziga xos va o’ziga mos mavzular va umumiy qiziqish uyg’otadigan dolzarb masalalar bo’yicha ta’kidlaydi.  Gazeta va jurnallar bosma ommaviy axborot vositalarining eng keng tarqalgan ikki shakli bo’lib, ular nafaqat mahalliy, milliy va xalqaro miqyosdagi so’nggi muammolar, voqealar yoki hodisalar to’g’risida ma’lumot beradi. Shuningdek, odamlarning dunyoqarashini katta darajada o’zgartirishda muhim rol o’ynagan, bu esa jamiyatni ko’tarishga yordam bergan. IT texnalogiyalari rivojlangan davrda esa fuqarolarmizning ongi gadjetlar orqali rivojlanmoqda. «Jurnal» so’zi arabcha «mahazin» atamasidan olingan bo’lib, u «omborxona» ni anglatadi. Jurnal – bu to’liq to’plamda birlashtirilgan faktlar va fantastika ombori. Til va taqdimot uslubi boshqa ommaviy axborot vositalaridan ancha farq qiladi. Bu tarkibning xilma-xilligi va boyligi bilan mashhur. Gazetani jamoatchilikka yangiliklarni zamonaviy, xolis va aniq etkazib berishga qaratilgan ketma-ket bosiladigan davriy nashr deb tushunish mumkin. U oq yoki kulrang rangli ingichka qog’ozga qora siyoh bilan bosilgan, jamoatchilikni qiziqtiradigan dolzarb voqealar bilan bog’liq ma’lumotlardan iborat. Ular savdogarlar tomonidan obunada, shuningdek o’tish joylarida, gazeta do’konlarida, do’konlarda va temir yo’l stantsiyalarida mavjud.  Ko’pgina mutaxassislarning fikriga ko’ra, gazeta va jurnallarni o’qish juda yaxshi odatdir, chunki bu sizning bilimlar bazangizni va tushunish darajangizni oshiradi, shuningdek, dolzarb mavzular, sport, uslub yoki

boshqa narsalar bilan bog’liq har qanday munozarada qatnashganda sizga yordam beradi, do’stlaringiz, qarindoshlaringiz, hamkasblaringiz va tanishlaringiz bilan.

“Ommaviy axborot vositalarini «toʻrtinchi hokimiyat”ga aylantirish, davlat idoralarining jamiyat oldidagi hisobdorligini oshirish borasida sezilarli natijalarga erishilmoqda. Bu boradagi eng muhim yutugʻimiz shuki — biz jamiyatimizda “yopiqlik muhiti”dan qutulib, Yangi Oʻzbekiston poydevorini aynan erkinlik va adolat tamoyillari asosida barpo etmoqdamiz».

Shu bilan bir qatorda, raqamli media-mahsulotning jadal oʻsishi sharoitida avvalgi, anʼanaviy ommaviy axborot vositalarining kelajagi faol muhokama qilina boshladi. Hatto internet va ijtimoiy tarmoqlar keng rivojlanayotganidan kelib chiqib, matbuot, yaʼni bosma nashrlarga ehtiyoj bormi, degan fikrlar ham ko`p aytilyapti.

Bunday qarash mashhur “Moskva koʻz yoshlarga ishonmaydi” filmida teleoperator boʻlib ishlaydigan yigitning “Televideniye rivojlansa, kinozallar va teatrlarga hojat qolmaydi” degan fikrini eslatadi. Vaholanki, u xato oʻylaganini biz koʻrib turibmiz. Toʻgʻri, kinozallar va teatrlar avvalgidek gavjum emasdir, biroq ularga hamon ehtiyoj bor. Shu nuqtayi nazardan matbuotdan, yaʼni bosma nashrdan uzilish kabi his-tuygʻularga berilish mantiqqa sira toʻgʻri kelmaydi. Avvalo, u hali oʻz funksiyalarini bajarishga — jamiyatdagi muammolarni koʻtarib chiqish, odamlarning ijtimoiy va siyosiy ongini yuksaltirish, faollashtirish, fikrlash, tanqid va tahlil qilish salohiyatini oshirishga xizmat qilish kuchiga ega. Qolaversa, matbuot jamiyatning yuzi, oynasi demakdir. Internet bugun qanchalik ommalashmasin, hali hamma ham undan toʻlaqonli foydalanish imkoniga ega emas. Jamiyatda axborotni anʼanaviy OAVdan olishni maʼqul koʻruvchi insonlar koʻpchilikni tashkil etadi. Buning ustiga, elektron OAV va veb-saytlar, messenjerlar xabarlarni tez tarqatsada, matbuot voqealar rivojini, mazmunini, mohiyatini sharhlab beradi. Bu bilan aholining ijtimoiy-siyosiy savodxonligini oshirishda katta rol oʻynaydi.

Mutaxassislar fikricha, insonning miya faoliyati maʼlumotni elektron doska va monitorlarga qaraganda qogʻoz vositalari, xususan, gazeta, jurnal va kitoblardan oʻqiganda koʻproq hamda samaraliroq qabul qiladi. Nur taratmagani bois gazeta va jurnal yoki kitob sahifalariga uzoq vaqt qarash, ularni sinchiklab oʻqish, saqlab qoʻyish va kerak boʻlganda yana koʻz tashlash qulay. Qolaversa, har qanday matbuot nashri tarixning bir boʻlagiga aylanadi. Yillar oʻtib, kelajak avlod maʼlum bir davr haqida maʼlumot olmoqchi boʻlsa, shubhasiz, oʻsha paytda chop etilgan gazetalarga murojaat qiladi. Shu orqali zamon nafasini, haroratini his etadi.

Buyuk Britaniyaning “Daily Mail” gazetasi jurnalisti Syu Pirtning quyidagi oʻxshatishiga eʼtibor bering: “Men uchun yangi gazetani oʻqishga tutingan paytim xuddi teatrda hali parda ochilmay turib, orkestr kuy chala boshlagan lahzalarni eslatadi. Ichkarida, sahnada seni nima kutayotganini bilmaysan, lekin miyangni sen hech qachon oʻylamagan koʻplab gʻoya va fikrlar zabt etishiga ishonasan”.

O`xshatish juda aniq, shunday emasmi? Jurnalist fikricha, matbuot oʻquvchini oʻzidan — oʻz fikrlari, oʻy-hayollari va muammolaridan chalgʻitishga qodir. “Shuni sezdimki, deb yozadi u, raqamli format bilan «oʻzini ovuntirib yurgan” odamlar sekin-asta gazeta va jurnallarga qaytishadi». Ayni shu paytda biz rivojlangan, deb hisoblaydigan mamlakatlarda (ularning koʻpchiligi oʻz fuqarolarining savodxonligi, bilimi tufayli rivojlangan!) matbuot oʻzining tiklanish davrini kechirmoqda. Britaniyalik media ekspert va qator nashriyotlar asoschisi Jeremi Lesli boʻlsa, bosma nashrlar — gazeta va jurnallar uchun oltin asr boshlanmoqda, deb hisoblaydi. Yevropa va Amerikada bosma nashrlarning adadi sekin-asta koʻpaymoqda, Osiyoda esa — nihoyatda ortib ketdi. Texnologiyalar va taraqqiyot darajasi eng yuqori hisoblanuvchi Yaponiyada odamlar bir nechta bosma nashrlarga obuna boʻlishadi. U yerda gazetalar millionlab nusxada chop etiladi.

Bizning jamiyatimizda shunday holat yuzaga keldiki, tobora kuchayib borayotgan axborot asrida ba`zilar mensimay, barcha bosma mahsulotlar — gazeta, jurnallar va hatto kitoblar kerakmi, degan xulosalar chiqarishga shoshilmoqdalar. Bunday qarashlarning bemaʼniligi, haqiqiy hayotdan juda uzoqligi haqida koʻp toʻxtalib oʻtishga hojat yoʻq. Balki bu gap-soʻzlarni aytayotganlar eng olis qishloqlarda ham internetdan aʼlo darajada foydalanish imkoni mavjud, deb oʻylashar. Ularning qarashlari notog`ri aksariyat tog`li hududlarimiz yashayotgan aholi enternet nimaligini bilishmaydi. Lekin boshqalarda, hatto poytaxt Toshkent markazida ham internet tezligini megabit/sekundlarda emas, megabit/soatlarda oʻlchashga toʻgʻri kelishi mumkin. Bundan tashqari, smartfon va kompyuterlardan foydalanmaydigan kishilar qatlami ham mavjudligini unutmaslik lozim.

Oʻzbek matbuoti shonli tarixga ega. Soʻnggi bir yuz ellik yildan ortiqroq vaqt davomida mamlakatimiz hududida yuz bergan barcha muhim voqea va hodisalar gazetalar sahifalarida muhrlangan. Millatimiz ziyolilari xalqimizni aynan gazetalar orqali taraqqiyotga yetaklagan. Modomiki shunday boʻlgach, biz mana shunday kuchli axborot vositasini qadrlashimiz, uning yanada rivojlanishiga yoʻl ochib berishimiz kerak. Balki shunda yana yurtdoshlarimiz, kattayu kichik rahbarlarimiz har kunini gazeta oʻqishdan boshlaydigan, yoshlarimiz qoʻlida faqat gadjetlar emas, gazeta-jurnallar, kitoblar ham koʻtarib yuradigan bo`lishar…

Xursandova Gulchehra

O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi