Donald Trampning saylovoldi tashviqotida muhim shaxs hisoblangan kichik Tramp ichida nomaʼlum kukun solingan xat oldi

Donald Trampning saylovoldi tashviqotida muhim shaxs hisoblangan kichik Tramp ichida nomaʼlum kukun solingan xat oldi

AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning toʻngʻich oʻgʻli kichik Donald Tramp ichida nomaʼlum kukun boʻlgan xat oldi. Shundan soʻng uning uyi yonida koʻplab oʻt oʻchirish mashinalari va kimyoviy himoya kiyimidagi odamlar paydo boʻlgan

Otasining saylovoldi tashviqotida muhim rol oʻynaydigan kichik Trampning vakili nashrga shubhali xat haqida maʼlumotni tasdiqladi va rasmiylar unda nima borligini hali aniqlay olmaganini, ammo kukun oʻziga xos halokatli modda, deb hisoblanmasligini maʼlum qildi.

“Oʻrganishlar kukun nima ekanligiga aniq javob bermadi, ammo rasmiylar bu oʻlimga olib kelishiga ishonishmaydi”, deyiladi manbada.

Manbaning uchta manbaga tayanib yozishicha, kichik Tramp maktubni Floridadagi uyida ochgan va konvert ichidagi oq kukun xona boʻylab sochilib ketgan.

“Florida shtatining Yupiter shahridagi kichik Donald Trampning uyida koʻplab oʻt oʻchirish mashinalari va himoya kiyimidagi odamlar koʻrindi”, deb yozdi ushbu voqeadan soʻng manba.

Oʻtgan yilning 10-noyabr kuni AQSHning kamida toʻrtta shtatidagi mahalliy saylov organlariga nomaʼlum modda, ehtimol fentanil boʻlgan xatlar yuborilgan edi. Shundan soʻng AQSH Federal qidiruv byurosi va pochta xizmati tekshiruv boshlagandi.