Saudiya Arabistoni Oʻzbekistonga 50 dona brayl alifbosida chop etilgan muqaddas Qurʼoni Karim kitobini taqdim etdi

Saudiya Arabistoni Oʻzbekistonga 50 dona brayl alifbosida chop etilgan muqaddas Qurʼoni Karim kitobini taqdim etdi

Saudiya Arabistoni Islom ishlari, daʼvat va hidoyat vazirligi Oʻzbekistonning Jiddadagi Bosh konsulligiga brayl alifbosida chop etilgan muqaddas Qurʼoni Karim kitoblarini taqdim etdi.

“Dunyo” AA xabariga koʻra, Texnik-hamkorlik va grantlar asosida qabul qilingan ushbu muborak kitoblar Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyatiga taqdim etilishi nazarda tutilgan.

Mazkur begʻaraz yordam shaklida berilgan kitoblar 15 ming AQSH dollariga teng.

Brayl alifbosidagi ushbu muqaddas Qurʼon kitoblari tez kunlarda Oʻzbekistonga yetkaziladi.