Rossiyalik iqtisodchi Natalya Zubarevich tataristonlik amaldorlarga o‘zbek tilini o‘rganishni tavsiya qildi

Rossiyalik iqtisodchi Natalya Zubarevich tataristonlik amaldorlarga o‘zbek tilini o‘rganishni tavsiya qildi

Uning ta’kidlashicha, Tatariston hukumati, umuman, Rossiya ishchi kuchi yetishmasligi muammosini hal qila olmaydi.

“Bu haqda biron (ishchi kuchini ko‘paytirish) narsa qilish endi ilojsiz. Eng yomoni, investision jozibador hududlar uchun bu rivojlanish yo‘lidagi asosiy to‘siqdir. Ayollar farzand ko‘rmayapti”, – dedi u Qozonda respublika investisiyalarni rivojlantirish agentligi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida. (https://t.me/platinauzb/4671)

Zubarevich muammoni mamlakat aholisining demografik tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari bilan izohladi. Rossiyadagi mavjud mehnat bozori ishchi kuchi yetishmasligi muammosini hal eta olmayapti.

Iqtisodchi mutasaddilarga “O‘zbekistonga nigoh tashlashni” taklif qildi. “O‘zbekiston kadrlar sifati borasida Tojikistondan yaxshiroq”, dedi Zubarevich. Shu bilan birga, u chet elliklar oilalari bilan kelsa ijtimoiy xarajatlar ortib borishi haqida ogohlantirdi.

“Qisqasi, siz endi Rossiyada ishchi topa olmaysiz. Uni Kavkazdan topish ham o‘zini oqlamaydi. O‘zbekistonliklar esa bir nechta yig‘ish zavodlarini, jumladan, koreyslar bilan hamkorlikda ham qurishga muvaffaq bo‘ldilar. Shuning uchun o‘zbek tilini o‘rganing, bu sizga oson”, — dedi iqtisodchi Tatariston rasmiylariga.