I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.
Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar.
1941–1945 yillardagi urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar.
Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashish natijasida nogironligi bo‘lgan shaxslar.
1941–1945 yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari.
Baynalmilalchi jangchilar.
G‘irt yetimlar.
Vakolatli organlarda hisobda turuvchi yolg‘iz pensionerlar.
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari o‘quvchilari.
Chaqiriq komissiyalari xulosalariga ko‘ra mudofaa ishlari bo‘limlarining yo‘llanmalari bo‘yicha 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan chaqiriq yoshidagilar.
»O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar.
1 yoshgacha bolasi bo‘lgan emizikli onalar.
Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar).