I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.
▫️Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar.
▫️1941–1945 yillardagi urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar.
▫️Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashish natijasida nogironligi bo‘lgan shaxslar.
▫️1941–1945 yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari.
▫️Baynalmilalchi jangchilar.
▫️G‘irt yetimlar.
▫️Vakolatli organlarda hisobda turuvchi yolg‘iz pensionerlar.
▫️18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari o‘quvchilari.
▫️Chaqiriq komissiyalari xulosalariga ko‘ra mudofaa ishlari bo‘limlarining yo‘llanmalari bo‘yicha 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan chaqiriq yoshidagilar.
▫️»O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar.
▫️ 1 yoshgacha bolasi bo‘lgan emizikli onalar.
▫️Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar).