Shamollash va immunitet pastligining shifosi — klyukva. Uning foydali xususiyatlari haqida nimalar ma’lum?
🌱Tabiat shu qadar mo‘jizaga boyki, inson doimo undan bahraman bo‘lib, shifo topadi. Masalan, kuz fasli tanamiz turli viruslarga qarshi kurashishi uchun qo‘shimcha yordamga muhtoj bo‘ladi. Quvvat uchun esa, dorixona shart emas.
🧬Immun tizimini mustahkamlash va qishga tayyorgarlik ko‘rishning eng yaxshi usullaridan biri bu vitaminlar, minerallar va antioksidantlarga boy kuzgi mevalarni iste’mol qilish bo‘lsa, unda klyukva rezavoriga murojaat qilishining o‘zi yetadi.
➕Shifokor va diyetologlar klyukva vitamin, mineral, antioksidant va kletchatkaning haqiqiy manbai ekanini tasdiqlaydi. Ushbu rezavor O‘RVIga qarshi kurashda keng qo‘llaniladi. U immunitetni mustahkamlash bo‘yicha barcha rekordlarni ortda qoldiradi.
🌀Masalan, u C va B vitaminlarini o‘z ichiga oladi va sovuq mavsumda organizmni zarur yordam bilan ta’minlaydi. Qolaversa, shamollash va grippdan tezroq qutulishga yordam berishi isbotlangan.
🤔Rezavor tarkibidagi sog‘liqqa ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan bioaktiv komponentlar surunkali yallig‘lanishni muvaffaqiyatli yengib, yallig‘lanishning oldini olishga xizmat qiladi va yuqori nafas organlari kasalliklari bartaraf etishda sizning ko‘makchingizga aylanadi.
➖U infeksion kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytiradi;
➖Yurak-qon tomir salomatligini yaxshilaydi;
➖Xolesterin darajasini normallashtirishga yordam beradi;
➖Ishtahani va ovqat hazm qilishni yaxshilaydi;
➖Ichakning muntazam harakatlanishini rag‘batlantiradi va vaznni nazorat qilishga ko‘maklashadi.
✅Aytish mumkinki, klyukva yangi uzilgan vaqtida, mevali sharbat, kompotlar yoki smuzi sifatida iste’mol qilinadi. Shu bilan birga, souslar tayyorlash uchun ham ishlatiladi. Uni doimiy iste’mol qilinadigan mahsulotlar ratsioniga qo‘shish orqali ko‘plab tibbiy muammolardan xalos bo‘lish mumkin.