Talabgorlar diqqatiga📣📣

Talabgorlar diqqatiga📣📣

#Adliya_xabari

📣 “Boʻlajak adliya xodimi” tanlovi oʻtkaziladi

Adliya vazirligining ishga qabul qilish boʻyicha maxsus komissiyasi xulosasi asosida tanlovsiz vazirlik tizimiga ishga kirishni istaysizmi? Unda “Boʻlajak adliya xodimi” tanlovida oʻzingizni sinab koʻring!

❓ Tanlovda kim ishtirok etishi mumkin?

Toshkent davlat yuridik universitetining “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan, umumiy oʻzlashtirish koʻrsatkichi oldingi oʻquv semestri davomida 86 va undan yuqori foizni tashkil etgan hamda adliya tizimida faoliyat olib borish istagi boʻlgan 4-kurs talabalari tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.

Tanlov 2 bosqichdan iborat:
▫️ saralash bosqichi (har bir fakultet doirasida);
▫️yakuniy bosqich (TDYU doirasida).

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 1—10-noyabr kunlari qabul qilinadi.

📎Tanlovda qatnashish uchun talabgorlar tomonidan har bir fakultet doirasida tashkil etilgan Tanlov komissiyalariga quyidagi hujjatlar topshiriladi:
▫️ariza;
▫️talabgorning shaxsiy varaqasi;
▫️talabgorning tanlov oʻtkazilishidan oldingi oʻquv semestri (6-semestr) oʻzlashtirish koʻrsatkichlari (transkript).

❗️Saralash bosqichi test va taqdimot shartlari asosida amalga oshiriladi. Yakuniy bosqich test, kazus (muammoli vaziyatga yechim) va blits savol-javob shartlari asosida oʻtkaziladi.

Tanlov natijalariga koʻra, I, II va III oʻrinlarni egallagan hamda tegishli nominatsiyalarga ega boʻlgan ishtirokchilar Adliya vazirligining ishga qabul qilish boʻyicha maxsus komissiyasi xulosasi asosida tanlovsiz vazirlik tizimiga ishga qabul qilinadi.