Amerika yetakchisi Jo Bayden siyosati tufayli dunyo AQSH ustidan kulib, undan oʻz manfaati uchun foydalanmoqda. AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Floridada super seshanba kuni boʻlib oʻtgan praymerizdagi nutqida shunday dedi.
“Bizning shaharlarimiz Bayden tufayli AQSHga kelgan muhojirlar jinoyati bilan toʻlib-toshgan. Bu jinoyatning mutlaqo yangi toifasi. Dunyo bizning ustimizdan kulmoqda. Dunyo bizdan oʻz manfaati uchun foydalanmoqda”, — deydi u.
Trampga koʻra, hozir dunyo Vashingtonni hurmat qilmaydi va mamlakatni masxara qiladi. Uning prezidentligi davrida Amerika Qoʻshma Shtatlari dunyodagi eng hurmatga sazovor davlat boʻlgan. Ayni damda Amerika Qoʻshma Shtatlarini xavfsiz chegara yoʻqligi va adolatsiz saylovlar tufayli uchinchi dunyo davlati, deb atash mumkin. Bayden esa mamlakat tarixidagi eng yomon prezident.
Avvalroq Tramp super seshanba kungi praymerizdagi gʻalabalari haqida gapirib, ularni “ajoyib oqshom” deb atagan edi. Aniqlik kiritilishicha, Tramp 10 dan ortiq shtatdagi respublikachilarning praymerizlarida yetakchilik qilmoqda.
Oʻz navbatida, Bayden ham oʻsha kuni AQSH Demokratik partiyasining barcha praymerizlarida gʻalaba qozondi.