Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov Chexiyada oʻtayotgan “Prague Masters” turnirida muddatidan oldin chempionlikni qoʻlga kiritdi.
U musobaqa yakuniga bir tur qolganida asosiy taʼqibchisi eronlik Parxam Maxsudluni magʻlub etdi va oradagi farqni 1,5 ochkoga oshirib oldi.
Ayni paytda Nodirbekda 8 imkoniyatdan 6 ochko bor. Uning eng yaqin taʼqibchilari esa 4,5 ochko jamgʻargan. Shu bois oxirgi turda qanday natija boʻlishidan qatʼi nazar hamyurtimizdan biror shaxmatchi oʻtib keta olmaydi.
Ushbu gʻalabadan soʻng Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng kuchli shaxmatchilari onlayn reytingida toʻrtinchi oʻringa chiqib oldi. Undan oldingi pogʻonalarda Magnus Karlsen (Norvegiya), Fabiano Karuana (AQSH) va Hikaru Nakamura (AQSH) turibdi. Shaxmat tojining amaldagi sohibi Ding Lijendan (Xitoy) esa beshinchi pogʻonadan joy olgan.
Ayni paytda Nodirbek Abdusattorovning hisobida 2765.5 reyting ochkosi bor.