Eslatib o‘tamiz, 2023-yil avgustda prezidentning tegishli qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga Sherzod Kudbiyev tayinlangan edi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimidan ozod etilgan.
Sherzod Kudbiyev Davlat soliq qo‘mitasini 2020-yil may oyidan 2022-yil oxirigacha boshqargan. U bunga qadar prezidentning davlat xizmati va vakillik organlari bilan o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi va boshqa lavozimlarda ishlab kelgan.