🇺🇿Sovrin jamg‘armasi 89 million so‘m bo‘lgan “Til bilimdonlari” tanlovi boshlandi!
🏛 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Til bilimdonlari” respublika tanlovini eʼlon qiladi.
🟥Tanlovda barcha (davlat, xususiy va xorijiy) oliy ta’lim muassasalari (bakalavr va magistr) talabalari hamda kollej, litsey va texnikum o‘quvchilari @tiluzbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishi mumkin.
✅Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🔵1-o‘rin – 8 million so‘m;
🔵2-o‘rin – 6 million so‘m;
🔵3-o‘rin – 5 million so‘m;
🔵4-o‘rin – 3 million so‘m;
🔵5-o‘rin – 2 million so‘m;
🗣Shuningdek, hududiy bosqich g‘oliblari ham o‘zi tahsil oladigan oliy talim muassasasi tomonidan mos ravishda 1-o‘rin bazaviy stipendiya miqdorining 4 barobari, 2-o‘rin 3 barobari va 3-o‘rin 2 barobari miqdorida pul yutuqlariga ega bo‘ladi.
➡️Tanlov nizomi bilan tanishish
Aziz talaba-yoshlar, tanlovda faol ishtirok eting, o‘zbek tili bo‘yicha bilimingizni sinovdan o‘tkazing va g‘oliblar qatoridan joy egallang.