Soliqlarni toʻlov muddatlari qaysi sanalarga belgilangan?
Yillik hisoblangan mol-mulk va yer soliqlarini toʻlash teng ulushlarda 15-aprel va 15-oktabrga qadar amalga oshiriladi.
Soliq kodeksi 423- va 440-moddalar
Soliqlarni to’lashning zamonaviy va qulay usullaridan foydalaning!
Fuqarolar soliq toʻlovlarini:
elektron toʻlov tizimlari (“Soliq”, “Click”, “Payme”, “Paynet” mobil ilovalari);
mahallaga biriktirilgan soliq inspektorining “SAYT” terminali;
bank kassalari orqali toʻlashlari mumkin.
Mobil telefonga “Soliq” mobil ilovasini yuklab olib, FACE IDdan o‘tgan holda, “Soliqlarni toʻlash” boʻlimidan o‘zi va ota-onasining barcha soliqlarini bir harakatda toʻlash imkoniyati mavjud.