Adliya vazirligi tashabbusi bilan Daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi
“Jismoniy shaxslardan shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash” mumkin
Joriy yilning 15 noyabr kuni Hukumatning 601-son qarori bilan Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Qarorga asosan, endilikda fuqarolar “jismoniy shaxslardan shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash” bo‘yicha onlayn ariza berishlari mumkin bo‘ladi.
Buning uchun, YAIDXP dan ro‘yxatdan o‘tib so‘rovnomada ko‘rsatilgan maʼlumotlarni xato va kamchiliklarsiz to‘ldirilganligi tekshiriladi va bank karta rekvizitlari ko‘rsatiladi.
So‘rovnomani ko‘rib chiqqanlik uchun hech qanday to‘lov undirilmaydi.
So‘rovnomaga asosan vakolatli organ so‘rovnoma tushgan kundan boshlab 5 ish kunida ariza beruvchiga daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilgan yoki qo‘llanilmaganligi haqida QR-kod qo‘yilgan xabarnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali arizachining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik qo‘mitasi 15 kun ichida to‘lovlarni amalga oshiradi.
Imtiyoz qo‘llaniladigan daromad turlariga to‘xtalamiz:
–O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish (o‘zining, shuningdek, yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandalarining yoki erining (xotinining)taʼlim olishi) uchun to‘lov;