Bo‘sh ish o‘rinlarining asosiy qismi Toshkentda

Bo‘sh ish o‘rinlarining asosiy qismi Toshkentda

Markaziy bankning Mehnat bozori sharhiga ko‘ra, O‘zbekistonda bo‘sh ish o‘rinlari I chorakda 36,8 mingtaga yetgan.

“Vakansiya”larning asosiy qismi Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri keldi — 60 foiz. Keyin o‘rinlarda Samarqand (11 foiz) va Toshkent (9 foiz) viloyatlari.

Ish kuchiga talab yuqoriligi sabab savdo, IT va axborot sohasi xodimlari maoshi ko‘proq o‘sdi. Qurilish sohasida esa ish kuchi ko‘payib borayotgani ortidan maoshlar sekinroq o‘smoqda.

Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilganlar soni yil boshidan beri qariyb 300 ming kishiga ko‘payib, 2,8 million nafarga yetgan.

Xorijda ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar uchun bo‘sh ish o‘rinlari soni 48 mingtadan oshgan. Biroq qo‘yilgan professional talablar odamlarni chet elda yaxshi maosh evaziga ishlashiga to‘sqinlik qilmoqda.