Global Finance jurnali tomonidan tuzilgan dunyoning eng qashshoq davlatlari reytingida Oʻzbekiston 67-oʻrinni egalladi.
Oʻzbekiston Nauru va Marokash oʻrtasida joylashgan. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarining pozitsiyasi:
Tojikiston – 43-oʻrin;
Qirgʻiziston – 48-oʻrin;
Turkmaniston – 101-oʻrin;
Qozogʻiston – 128-oʻrin.
Janubiy Sudan, Burundi va Markaziy Afrika Respublikasi dunyodagi eng qashshoq davlatlar sifatida tan olingan.
Reytingga koʻra, eng boy mamlakatlar Lyuksemburg, Makao (Xitoyning maxsus maʼmuriy hududi) va Irlandiya hisoblanadi.