Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan press-tur o`tkazildi

Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan press-tur o`tkazildi

Toshkent shahridagi “Adiblar hiyoboni”  poytaxtimiz mehmonlari va aholisining sevimli dam olish maskanlaridan biri hisoblanadi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2020-yilda yangidan barpo etilgan  mazkur 20 gektarli bog‘da 3560 ta manzarali daraxt bor.  Boshqarma tomonidan o`tkazilgan  prees-tur davomida inspektorlar tomonidan tashkilot faoliyati haqida ma`lumotlar berildi.

Shuningdek, bugungi kunda poytaxtimizda 35 ming gektardan ko‘proq maydon mavjud bo‘lsa, yashil maydonlar 7 ming gektarni tashkil etadi,  220 turdagi daraxt va 30 xildagi butani uchratish mumkin. Ularni mavsum davomida turli zararkunandalardan asrash, quriganlarini yuq qilish, yangi ekzotik o‘simlik turlarini ko‘paytirish ishlari olib borilmoqda. Xususan, zararli begona zararkunandalar tarqalishining oldini olish uchun bog‘dorchilik va dehqonchilik xo‘jaliklari, shaxsiy tomorqa, korxona, tashkilot, katta yo‘l bo‘ylari va boshqa maydonlarda O‘simliklar karantini davlat inspektorlari nazorat olib borilayotganini a`lohida ta`kidlash joiz.

Xususan,  fermer va dehqon xo‘jaliklari, aholi tomorqa yer egalariga yaqindan yordam berish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda o‘simliklarni har xil organizmlardan himoya qilish kabi ommaviy kurash tashkillashtirilmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimizda o‘simliklar karantini tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, sohaga ilm-fan yangiliklari, xalqaro amaliyot va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmi va geografiyasini yanada kengaytirish choralari ko‘rilmoqda. Bu borada Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi agentligi  tomonidan bir qancha tizimli ishlar amlaga oshirilmoqda.

Shahrimiz ko‘rkiga ko‘rk berib, yashil maydonlarda parvarish etilayotgan manzarali va mevali daraxtlar, gullar hamda butasimon o‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish maqsadida boshqarma inspektorlari tomonidan tuman hududlaridagi mavjud ignabargli mojjevelnik daraxtlariga ishlov berish hamda shahar hududida tabbiy biofonni yaratish, biologik kurash tizimini keng miqyosda joriy etish maqsadida, tabbiy oltinko‘z entomofaglarini hududlarga keng tarqatish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Ma’lumki, ignabargli daraxt va butalar respublikamizning yashil maydonlarida katta hududlarni egallaydi. Ushbu o‘simliklar havoni nafaqat kislarod bilan boyitish, balki dizinfeksiya qilish xususiyatiga ham ega.  Ma’lumotlarga qaraganda yer yuzida ignabargi o‘simliklarning 400 ga yaqin navi bor. O‘zbekistonda esa archa turkumiga mansub turlari o‘sadi. Ushbu o‘simliklarning asosiy kushandasi archa unsimon qurti hisoblanib, hashorat archaning novda va barglariga o‘rnashib katta zarar yetkazadi. Ushbu zararkunandalarga qarshi uyg‘unlashgan kurash tadbirlarini olib borish maqsadida, Xususan, Chilonzor tumanida ham ayni yo‘nalishdagi ishlar jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi qo‘shimcha imkoniyatlarga boy soxa. Ushbu tizim nafaqat mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaydi, balki iqtisodiyot taraqqiy etishida ham katta ahamiyatga ega. Shu bois, keyingi yillarda agrar sohani tubdan isloh qilish va uni bozor talablariga moslashtirish ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, o‘simliklarni himoya qilish yo‘nalishi tubdan isloh etilib, o‘simliklar karantini xizmatini yaxshi yo‘lga qo‘yish, sohaga ilm-fan yutuqlarini olib kirish, malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Yashil maydonlarda turli xildagi zararkunandalarni joyida aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida boshqarma tomonidan maxsus laborotoriya avtobuslari ham yo‘lga qo‘yilgan.

Bugungi kunda dunyo bo‘ylab 305 mingdan ortiq karantindagi zararli organizmlar mavjud bo‘lib, ularni yurtimiz hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish dolzarb masala. Shu boisdan chegara maskanlariga biriktirilgan inspektor xodimlarning bu boradagi ahamiyati yuqori. Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyosi boshqarmasiga qarashli “Chuqursoy”  tashqi iqtisodiy faoliyat chegara maskanlarida mamlakatimizga xorijdan kirib kelayotgan va chet davlatlariga chiqib ketayotgan karantin osti yuklarini nazorat qilishda, zararli organizmlarni aniqlashda, kinologlar va ularga biriktirilgan maxsus tayyorlov itlarini faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Aytish kerakki bu kabi mashg‘ulotlarning muntazam ravishda o‘tkazilishi kinologlar faoliyatini samarali tashkil etish va bu orqali o‘simliklar karantini sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi.   O‘simliklar karantini va himoyasi agronom inspektorlarining oldida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatli yetishtirishda ko‘mak berish va uning eksportbopligini oshirish, dalalardagi daromad manbalarini turli xil zararkunanda va hasharotlardan himoya qilish tizimini yanada mustahkamlash  vazifalari turibdi. Bugungi kunda Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining  inspektorlari dehqonchilik  mahsulotlarini  yetishtirishda, “daladan – dasturxongacha” bo‘lgan jarayonda dehqonlarga ko‘makchi bo‘lmoqda.