“Sudlar to‘g‘risida”gi qonuning 62-moddasida sudyalarning qator majburiyatlari belgilangan. Ular qatorida sudya O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan chet el banklarida hisobvaraqlar (omonatlar) ochishga va ularga ega bo‘lishga, naqd pul mablag‘larini hamda qimmatliklarni saqlashga haqli emasligi ham qayd etiladi.
Sudyaga nisbatan qo‘yilgan qaysi cheklov uning farzandlariga ham tegishli?
Quyidagi cheklov sudyaning eriga (xotiniga) va voyaga yetmagan farzandlariga nisbatan ham amal qiladi.