Minskda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “Markaziy Osiyo + Rossiya” formatidagi tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalari koʻp tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqdi. Qayd etilishicha, “yashil” energiya, suv tanqisligi va ekologik muammolar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.