Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlari oshiriladi va bandligi taʼminlanadi

Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlari oshiriladi va bandligi taʼminlanadi

“Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-153-son, 05.04.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qoʻyilib, dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha boʻlgan zanjirni qamrab oluvchi quyidagi yangi tizim joriy etiladi:

60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan roʻyxatga kiritilgan yoshlar (talabgorlar) oʻrtasida oʻtkaziladi.

Bunda:

— yer maydonlarini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari gʻoliblariga yer uchastkasi narxini 10-yil muddatga teng ulushlarda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi;

— zakalat puli BHMning 1 baravari (340 ming soʻm) miqdorida belgilanadi.