Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (rahbarining birinchi oʻrinbosari Furqat Joʻraqulov maʼlum qildi.
Targʻibot tadbirlari doirasida tumanlarda “Maʼrifat ulashib”, “Kitob karvoni” aksiyalarini tashkil etilib, 6400 dona oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalaridan iborat 80 turdagi kitoblar tarqatildi.
Termiz shahrida 2 ta maktab, 1 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti, 3 ta oliy taʼlim muassasasi, 1 ta arxitektura va qurilish texnikumi, 1 ta 2-son akademik litseyda namunaviy tarzda “Maʼnaviyat sektori” faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
“Surxondaryo tajribasi” asosida Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida “Maʼnaviyat sektori”ni namunali tashkil etish maqsadida sektor Nizomi, tashkiliy tuzilmasi va yoʻriqnomasi ishlab chiqildi.
Markaz tomonidan tajriba-sinov asosida Andijon viloyatidagi 909 ta mahallada ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish maqsadida 90 kunlik ish-reja ishlab chiqilib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Ijobiy sinovdan oʻtgan “Andijon tajribasi” respublikadagi barcha 9 442 ta mahallada keng joriy etilmoqda.