Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Urganch tumanida faoliyat yurituvchi “M.” fermer xoʻjaligi rahbari А.Э. fermer xoʻjaligi binosida 11 ta isitish qozonlarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, jami 3,3 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.