Buxoroda ijtimoiy tarmoq orqali soxta havolalar jo‘natib, boshqalarni chuv tushirgan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi 31 yoshli B.F. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 909 ming so‘m mablag‘ o‘g‘irlanganini ma’lum qilgan.
Shundan so‘ng, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi 24 yoshli Q.U. sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergovga jalb etilgan Q.U. internet foydalanuvchilariga Telegram orqali turli xil mazmunidagi xabar (havola) jo‘natib, ularni qiziqtirib, bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali pullarni o‘g‘irlab kelgani ma’lum bo‘lgan.
«Mazkur holat yuzasidan JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (o‘g‘rilik qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan», deyiladi xabarda.