Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining masofaviy monitoring tartibidagi o‘rganishlarida umumiy qiymati 1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan quyidagi davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi:
— Angren shahar Obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligidagi 200,0 mln so‘mlik;
— Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi buyurtmachiligidagi 309,0 mln so‘mlik;
— Oqoltin tuman Tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligidagi 300,0 mln so‘mlik;
— Urganch ixtisoslashtirilgan maqom sanʼati maktab-internati buyurtmachiligidagi 371,1 mln so‘mlik davlat xaridlari.
Agentlikning taqdimnomalariga binoan yuqoridagi davlat xaridlari bo‘yicha xarid komissiyasining bayonnomalari bekor qilindi, shuningdek, to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.