Qashqadaryoda Germaniyaning kasb-hunar maktabi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

Qashqadaryoda Germaniyaning kasb-hunar maktabi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

Viloyat delegatsiyasi aʼzolari Leypsig shahridagi “Avestos” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Unda Qashqadaryo viloyatida tajriba-sinov tarzida nemis oʻquv dasturlari va texnologiyalari asosida professional kasb-hunar maktabini tashkil etish loyihasi ilgari surildi.

Maktabda nemis tili va kasb-hunar jumladan, mashinasozlik, xizmat koʻrsatish va qurilish sohalarida malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Tadbir yakunida ikki tomon oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Shuningdek, Germaniyada xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish sohalarida dual tizim asosida oʻqib ham ishlayotgan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.