Osiyo taraqqiyot bankining moliyaviy va texnik koʻmagida Qashqadaryo viloyatida quvvati 300 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 75 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimi davlat-xususiy sheriklik asosida quriladi.
Ushbu loyiha boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro tender natijalariga koʻra, “Abu Dabi Future Energy Company – Masdar” gʻolib deb topilgan. Loyihani amalga oshirish uchun xususiy sherik sifatida “Nur Kashkadarya Solar PV” MCHJ taʼsis etilgan.