«Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida»gi Prezident Qarori (PQ-134-son, 19.03.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Oʻzbekiston va Ozarbayjon Respublikasi Hukumatlari oʻrtasida energetika sohasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlandi.
Bitim 2023-yil 22-avgust kuni Boku shahrida imzolangan.
Energetika vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.