Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-919-son, 13.04.2024 y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Unga koʻra, oʻrmonlarda yongʻin xavfsizligi talablarini buzish, agar yongʻin chiqishiga olib kelgan boʻlsa, quyidagi miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi:
— fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 400 ming soʻmdan 5 mln 100 ming soʻmgacha);
— mansabdor shaxslarga BHMning 20 baravaridan 25 baravarigacha (6 mln 800 ming soʻmdan 8 mln 500 ming soʻmdan).
Shuningdek, shaxsning ehtiyotsizligi yoki yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganligi tufayli uy-joy fondida odamlarning sogʻligʻiga zarar yetishi yoxud oʻzganing mol-mulki shikastlanishi yoki uning yoʻq qilinishi bilan bogʻliq boʻlmagan tarzda yongʻin sodir boʻlganda mazkur shaxs yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinadi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.