Toshkentdagi shifoxonalardan birida chaqaloqning temir bo‘lagini yutib yuborgani aniqlandi. Bu haqda «Millar» dasturi xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, chaqaloqning ota-onasi bolasining temir bo‘lagini yutib yuborganini hattoki sezmagan ham. Go‘dakda 1 hafta davomida doimiy ravishda so‘lak ajralib, yo‘tal kuzatilgan. Tekshiruv davomida chaqaloqning metall yutib yuborgani aniqlangan.
Temir bo‘lagining uzunligi 1,5 sm, cheti o‘tkir qirrali bo‘lgan. Natijada bolada qizilo‘ngach jarohatlari kuzatilgan.
«3 soat davomida olib tashladik. Yot jism sabab shu joyida yara paydo bo‘lgan. Bu yara chandiqqa aylanadi. Oqibatda qizilo‘ngach torayadi. Keyinchalik asoratlari kuzatilib, bolani nogironlik darajasiga ham olib kelishi mumkin. Biz bolani jonlantirish bo‘limida olib turishga majburmiz», deydi shifokor.