Ukraina Shveysariyadagi ikkinchi konferensiya davomida Rossiya tomoniga “tinchlik formulasi” haqidagi hujjatni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy aytib oʻtdi.
Shu oʻrinda, siyosatchi buni Rossiya bilan muzokaralar deb hisoblamasligini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, Ukraina birinchi uchrashuvga 160 dan ortiq davlat rahbarlarini taklif qilmoqchi, ular ishtirokida “tinchlik formulasi” rejasi ishlab chiqiladi.
Shu bilan birga, Zelenskiy Rossiya ushbu hujjatni qabul qilishiga shubha bilan qaradi.
Prezident, shuningdek, Ukraina uchinchi davlatlar unga tinchlik muzokaralari formatini yuklashini istamasligini ham aytdi.
Oldinroq, NATO Ukraina qurolli kuchlarida oʻq-dorilar zaxirasi tugayotganini maʼlum qilgandi