oriy yil 19-fevral kuni boʻlib oʻtgan Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi majlisida Oʻzbekistonning Turkiya va Ozarbayjondagi elchilarining hisobotlari eshitildi.
Tadbirda senatorlar, mahalliy Kengashlari deputatlari, masʼul vazirlik va idoralar, davlat kompaniyalari rahbarlari, mahalliy ijro hokimiyat organlari va OAV vakillari ishtirok etdi.
Eshituvlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida shu yil 18-yanvar kuni oʻtkazilgan selektor majlisidagi chuqur tahlillar asosida shakllangan vazifa va topshiriqlar ijrosi yuzasidan Parlament nazoratini oʻrnatish doirasida tashkil etildi.
Bunda oliy darajadagi tashriflar natijasida qabul qilingan “yoʻl xarita”laridagi loyihalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishni taʼminlash muhokama markazida boʻldi. Ochiq va xolisona muhokama davomida “yoʻl xarita”larining ijrosiga tegishli masala va muammolar tanqidiy koʻrib chiqildi.
Turkiya davlati bilan hamkorlikda 2023-yilda 1,2 mlrd dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jalb etilganligi, ushbu davlat kompaniyalari ishtirokida 300 dan ortiq yangi korxonalar tashkil topganligi eʼtirof etildi.
Shu bilan birga, senatorlar soʻnggi 2-yil davomida Oʻzbekistondan Turkiyaga eksport hajmlarining kamayishiga eʼtibor qaratdilar. Bundan tashqari, ikki tomonlama savdoda notarif toʻsiqlar saqlanib qolayotgani qayd etildi.
Turkiya bilan hamkorlikda umumiy hajmi 613,4 mln.doll. 48 ta investitsiya loyihasidan 20,5 mln dollarlik 6 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish turli sabablarga koʻra ortda qolmoqda. Shuningdek, qator vazirlik va idoralarning harakatsizligi tufayli 342 mln dollarlik 11 ta loyiha toʻxtab qolgan. Ushbu loyihalar boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Navoiy va Namangan viloyatlari hokimliklari masʼul boʻlgan edi.
Senatorlar Oʻzbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi tomonidan siyosiy va madaniy-gumanitar hamkorlik sohalarida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi. Savdo-iqtisodiy sohada erishilgan ijobiy natijalar eʼtirof etildi. 2023-yilda ustav kapitali 500 mln.doll. boʻlgan Oʻzbekiston-Ozarbayjon qoʻshma investitsiya fondi tashkil etildi. Elchixona tashabbusi bilan hududlarda 115 mln dollarlik 4 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, diplomatik vakolatxona masʼul boʻlgan neft va gaz sanoati sohasidagi hamda biriktirilgan Namangan va Xorazm viloyatlaridagi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Oliy darajadagi tashrif natijasida qabul qilingan “yoʻl xaritasi”ni amalga oshirishda qator muammolar mavjudligi taʼkidlandi.
Xususan, “yoʻl xaritasi”ga kiritilgan 87ta loyihadan 4 tasi (umumiy qiymati 72 mln doll.) kech amalga oshirilmoqda, 14 tasi (569 mln doll.) umuman amalga oshirilmayapti. Shu jumladan, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan 8 ta investitsiya loyiha boʻyicha hanuzgacha amaliy ishlar sust olib borilmoqda.
Parlament aʼzolari tegishli idoralar va kompaniyalar, viloyat hokimliklari investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda ikki tomonlama uchrashuvlarni tashkil etish boʻyicha respublika diplomatik vakolatxonalarining taklif va murojaatlarini koʻrib chiqishda tezkorlik taʼminlanmaganligiga eʼtibor qaratdi. Oʻzbekiston elchixonalari bilan harakatlarni muvofiqlashtirish zarurligi qayd etildi.
Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonalari rahbarlariga batafsil tavsiyalar berildi va oʻz faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha aniq vazifalar qoʻyildi.
Majlis yakunlari boʻyicha Oliy Majlis Senati qoʻmitasining tegishli qarorlari qabul qilindi.