Prezidentning 9 -fevraldagi qaroriga ko`ra, 1-maydan boshlab onkologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlagan tibbiyot brigadalari har bir aniqlangan holat uchun 2 million so‘m miqdorida rag‘batlantiriladi.
Ushbu mukofot Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-martga qadar onkologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlagan tibbiyot brigadalarini rag‘batlantirish tartibini tasdiqlashi kerak.