Prezident raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Pillachilik sohasini rivojlantirish boʻyicha mutasaddilarga qator topshiriqlar berildi.
Jumladan, ipak qurtini xonadonlarga tarqatib, oʻrma tutzor tashkil etish va uy sharoitida tayyor ipak ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish boʻyicha tizim yaratiladi.
Ozuqa-yem bazasini koʻpaytirish uchun bu yil dalalar atrofida 150 million yangi navli hosildor tut koʻchatini ekish topshirildi.
Ipakchilik instituti huzurida 2 ta naslli urugʻlik stansiyasi ishga tushiriladi. Institutga xitoylik mutaxassislar taklif qilinib, naslli ipak qurti zotlarini yaratish boshlanadi.