Qayd etilishicha, 75 ta yirik kanalni betonlashga byudjetdan 680 milliard so‘m ajratilgan.
Lekin, Qashqadaryoda loyihasi tayyor 9 ta kanalni betonlash ishlari bor-yo‘g‘i 34% ga bajarilgan. Sirdaryoda esa 3 ta kanalni betonlash 10 foizga yetkazilmagan.
Suv yo‘qotishlarini kamaytirish va suvni tejab ishlatish Suv xo‘jaligi vazirligining eng asosiy vazifasi ekani qayd etildi.